Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha
HISOBOT
| 1. | Normativ-huquqiy hujjat turi, nomi va rekvizitlari | O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi 776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi Tashqi reklama:
23-modda. Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari); 24-modda. Yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatishga bo‘lgan huquq; 26-modda. Tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) doir asosiy talablar. |
| 2. | TSTBni o‘tkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti | O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi |
| 3. | Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
| 4. | Sana | |
| Tartibga solish ta’sirini baholash natijalari | ||
| 5. | Xulosa
TSTBdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi 776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobida Tashqi reklama 23-moddasida tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) aniq belgilab berilgan. Bu esa qonunchilikni tatbiq etishda asosiy zarur normalardan hisoblanadi. Shuningdek, 24-moddasida yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatishga bo‘lgan huquq yuridik yoki jismoniy shaxslarga yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida berilishi mumkinligi, Reklama joyi pasporti muddati o‘tganidan keyin yuridik yoki jismoniy shaxslar tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksion yakunlari bo‘yicha o‘rnatish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi, xususiy mulk bo‘lgan binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish mulkdor bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirish mumkinligi belgilangan. Ushbu norma tashqi reklama obyektini o‘rnatish bo‘yicha huquqning vujudga kelishi va uning dahlsizligini belgilab berganligi sababli, kerak hisoblanadi. Qonunning 25-moddasida, reklama joyining pasportini olish, amal qilish muddatlari, davlat mulki bo‘lgan yer uchastkasiga o‘rnatish ijara huquqi asosida berilishi, davlat mulki bo‘lgan binoga yoki inshootga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) o‘rnatish uchun esa reklama joyi pasportining egasi bilan ijara shartnomasi tuzish lozimligi, davlat mulki bo‘lgan yer uchastkasidan, binodan yoki inshootdan vaqtinchalik foydalanish imkoni bo‘lmaganda, hokimliklarning qarorlariga ko‘ra montaj qilganda yoki demontaj qilinganda kompensatsiya to‘lanishi belgilangan. Tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) doir asosiy talablar Qonunning 26-moddasida belgilangan bo‘lib, bunda xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi, faqat reklama tarqatish maqsadida foydalanilishi, pasporti berilgan kundan e’tiboran olti oy ichida chizmasiga muvofiq o‘rnatilishi, moddiy madaniy meros obyektlariga, yo‘l belgilariga va svetoforlarga, ularning tirgaklariga yoki harakatni tartibga solish uchun mo‘ljallangan boshqa har qanday qurilmaga o‘rnatish, shuningdek tutash hududdagi obodonlashtirish elementlarini buzgan holda o‘rnatish ta’qiqlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu normalar tashqi reklama sohasini tartibga solishda asosiy talablarni to‘liq qamrab olganligi sababli unga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish yoxud bekor qilish maqsadga nomuvofiq hisoblanadi. |
|
| 6. | Hujjatning ta’sir doirasi katta va kichik tadbirkorlik subyektlari;
Qonunning amal qilishi reklama tayyorlangan joydan qat’i nazar, agar mazkur reklama O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga va tarqatishga qaratilgan bo‘lsa, reklamaning aylanishi sohasidagi barcha munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi; Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar, shuningdek reklama tarqatuvchilar reklamaga oid faoliyat subyektlaridir. |
|
| 7. | Hujjatning natijadorligi va samaradorligi
Respublika bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2025-yilda tashqi reklama joyining pasportini rasmiylashtirish yuzasidan 44 539 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 24 585 ta (710 ta pasport almashtirish, 4 549 ta xususiy mulk bo‘lgan binolar va inshootlarga, 19 326 ta avtotransport vositasiga) arizalar ko‘rib chiqilgan va reklama joyining pasportlari rasmiylashtirilgan. 2026-yil 1-choragida esa tashqi reklama joyining pasportini rasmiylashtirish yuzasidan Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2025-yilda tashqi reklama bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetga 99 mlrd. 596,8 mln. so‘m miqdordagi mablag‘lar kelib tushishi ta’minlangan. Shuningdek, 2026-yil 1-choragida tashqi reklama bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetga 21 mlrd. 731,3 mln. so‘m miqdordagi mablag‘lar yo‘naltirilgan. Shu sababli, ushbu norma aynan amaldagi tahrirda samarali ishlayotganligini ko‘rish mumkin. |
|
| 8. | Hujjatning ijobiy va salbiy oqibatlari
O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi 776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi Tashqi reklama sohasini to‘liq qamrab olgan va tartibga soladi. Ushbu talablar amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish hamda sohada shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etildi. Natijada avtotransport va boshqa tashqi reklama obyektlarini pasportlashtirish YaIXDP orqali ro‘yxatga olinib, barcha shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar onlayn billing tizimi nazoratiga o‘tkazildi. Respublika miqyosida tashqi reklama obyektini o‘rnatishga bo‘lgan huquq uchun oylik yig‘imlardan tushadigan mablag‘lar miqdori 2023-yil davomida 8 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda 12 barobarga ortib, 99,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan. |
|

