Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Hamkorlik doirasida raqobat siyosati, davlat xaridlari, birja savdolarini takomillashtirish, tabiiy monopoliya sohalarini tubdan isloh qilishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, raqobat sohasiga samarali xorijiy tajribalarni joriy etish va milliy tizim bilan uyg‘unlashtirish kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro axborot almashish, tadqiqot natijalarini chop etish va turli loyihalarda birgalikda ishtirok etish bo‘yicha kelishib oldilar.