Hurmatli tadbirkorlar va xorijiy investorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Biz sizni eshitamiz” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarning 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan reja-jadvali tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan sizlarni ushbu uchrashuvlarda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Murojaat uchun telefonlar: 71-207-47-00 (509, 254, 274)