Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida quyidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilmaslik holatlari) sodir etganlik holatlari aniqlandi.
Jumladan,
«HAMZA EXPO ART TEXTILE» MChJ
«PROF TEKST PLYUS» MChJ
«BAXODIR LOG’ON TEKSTIL» MChJ
«FERGHANA SPINNING» MChJ
«EKPO KOLLAR PRIN TEKS» MChJ
«EFFEKTIV OIL» MChJ
«POSCO INTERNATIONAL TEXTILE» MChJ
«FERGANA GLOBAL TEXTILE» MChJ
«MUSAVARTEX» MCHJ QK
«QO‘QON BIOKIMYO» AJ
«QUANTITY CLASS» MChJ
«SHAFFOF SEMENT SANOAT» MChJ QK
«FARG’ONA YOG’ ZAVODI» MChJ
Yuqorida aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan yuqoridagi subyektlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash xaqida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.