Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bayram munosabati bilan Qo‘mita va uning hududiy organlari Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Shuningdek, raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi yangi loyihalar, tahliliy va huquqiy mavzudagi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar orqali Raqobat qo‘mitasi faoliyatini yoritishda ijodiy hamkorlik qilib kelayotgan 30ga yaqin OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishning asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tdi:
Raqobat qo‘mitasi davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yana-da kuchaytirish, sohada ochiqlikni va xalqimizga hisobdorlikni rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar va chora-tadbirlarni belgilab olganligi hamda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazib berishda o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga katta e’tibor berilishi muhimligini ta’kidladi.