Havo yo‘llari orqali ichki qatnovlardagi yo‘lovchi tashish chipta narxlari pasaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan aviatsiya bozorida ichki aviaqatnovlarda yo‘lovchilar uchun mavjud tariflar, narx shakllanishi va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Raqobat qo‘mitasi tomonidan aviaqatnovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilinib, mazkur xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga ichki yo‘nalishlarda aviachiptalar narxlarini pasaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu takliflar yuqori Instansiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Raqobat qo‘mitasi “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda ichki aviaqatnovlar bo‘yicha tariflar qayta ko‘rib chiqilib, joriy yilning 16-oktyabridan boshlab ichki yo‘nalishlarda aviachiptalar narxlari o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtirildi.
Mazkur chora-tadbirlar:
➡️ aholi uchun aviaqatnovlarni yanada qulay va hamyonbop qilish;
➡️ ichki turizmni rivojlantirish;
➡️ hududlar o‘rtasida harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish;
➡️ xizmat safarlari va shaxsiy tashriflarni rejalashtirishda qo‘shimcha qulaylik yaratish;
➡️ iste’molchilar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
‼️ Raqobat qo‘mitasi aholi manfaatlariga daxldor bozorlarni tahlil qilish va o‘rganish ishlarini izchil davom ettirib, aniqlangan muammolar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratmoqda.








