E’LON
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
🗓 Sana: 2026-yil 26-iyun
🕙 Vaqt: 10:00
Kun tartibi:
🔹 «Global noaniqlik sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida raqobat siyosati choralari» mavzusidagi xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan axborotni eshitish;
🔹 Global iqtisodiy noaniqlik sharoitida raqobat siyosatini takomillashtirish, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish;
🔹 Xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilgan takliflarni milliy amaliyotga tatbiq etish masalalarini ko‘rib chiqish;
🔹 Jamoatchilik kengashi a’zolarining taklif va tavsiyalarini muhokama qilish.







