#Jamoatchilik_nazorati #Chellenj
DIQQAT, CHELLENJ!
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi barcha iste’molchilarni chellenjda faol ishtirok etishga chorlaydi!
Asosiy maqsad — iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, savdo do‘konlarida narxnomadagi va kassadagi narxlar o‘rtasidagi tafovutlarni hamda mahsulotlarning yaroqlilik muddati bilan bog‘liq kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishga ko‘maklashish.
Nima qilish kerak?
Narxnomadagi va kassadagi narx o‘rtasida farqni aniqlang, savdo mas’ullaridan narxni tuzatishni so‘rang.
Yaroqlilik muddati o‘tgan yoki ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash shartlari ko‘rsatilmagan oziq-ovqat hamda maishiy kimyo mahsulotlarini aniqlang, ularni sotuvdan olishni so‘rang.
Holatning avvalgi va bartaraf etilgandan keyingi ko‘rinishini foto yoki videoga olib, @rquzBot Telegram boti orqali yuboring.
G‘oliblarni quyidagi sovg‘alar kutmoqda:
1-o‘rin — noutbuk;
2-o‘rin — televizor;
3-o‘rin — telefon.
Chellenj 2026 yil 18 dekabrga qadar davom etadi.
G‘oliblar 2026 yil 25 dekabrda e’lon qilinib, tantanali taqdirlanadi.
Ishtirok etish uchun: @rquzBot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting va @Raqobatgovuz Telegram kanaliga a’zo bo‘ling.
Faol iste’molchi bo‘ling — o‘zingiz va qolgan barcha iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga hissa qo‘shing!








