#brifing #live
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida brifing bo‘lib o‘tmoqda.
Raqobat qo‘mitasi raisining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Otabek Usmonov «Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning o‘tgan 9 oyi davomida tovar, moliya va raqamli bozorlarda o‘tkazilgan tahlillar» yuzasidan ma’lumot bermoqda.
Brifingda 158 ta tovar va xizmatlar bozorida o‘tkazilgan ekspress-tahlillar, korxonalarning ustun mavqeini e’tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek, ichki bozorning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasini o‘rganish natijalari haqida so‘z bormoqda.
Xususan, viza xizmatlari va onlayn e’lonlar bozoridagi raqobat muhiti, muqobili mavjud bo‘lmagan tovar va xizmatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar yuzasidan ma’lumot berilmoqda.
Brifing
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va
Qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali efirga beriladi.








