21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi xodimlari orasida “Til — millat koʻzgusi” mavzusida Ommaviy diktant o‘tkazildi.

21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi xodimlari orasida “Til — millat koʻzgusi” mavzusida Ommaviy diktant o‘tkazildi. 🔻 Tanlov yakunlariga koʻra, gʻoliblar quyidagicha aniqlandi: 1-o‘rin – Eranova Gulshanoy Avazbek qizi; 2-o‘rin – Mo‘ydinov Ahadjon Asqarjon o‘g‘li; 2-o‘rin – Usmanov Abu Muslim Komilovich; 3-o‘rin – To‘ychiyev Elbek Sobirjon o‘g‘li.…

RAQOBAT QO‘MITASIDA “UMUMMILLIY DIKTANT” TANLOVI

RAQOBAT QO‘MITASIDA “UMUMMILLIY DIKTANT” TANLOVI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida «Umummilliy diktant» tanlovi o‘tkazildi. Unda Qo‘mita hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etib, «Til – millat ko‘zgusi» mavzusida diktant yozdilar. Shuningdek, tadbir davomida…

Haftaning xar payshanba kuni sport kuni doirasida sport tadbirlari davom etmoqda.

  Haftaning xar payshanba kuni sport kuni doirasida sport tadbirlari davom etmoqda. Raqobat qo‘mitasining tizim tashkilotlari va markaziy apparat xodimlari jamoaviy va yakka tartibdagi sport turlari bilan shug‘ullanishni davom etmoqda. Xususan, Joriy yilning 15-oktyabr kuni Rais kubogi nomi ostida Voleybol, Shaxmat, Shashka va Arm wrestling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi va g‘oliblar munosib tarzda taqdirlantirildi.

Raqobat qo‘mitasida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Raqobat qo‘mitasida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi Tadbirda ko‘p yillar davomida soha rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan faxriylar hamda bugungi kunda yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelayotgan tajribali ustozlar alohida e’zozlandi. Inson qadri, uning mehnati va jamiyatda tutgan o‘rnini ulug‘lash, ayniqsa, yosh avlodga yo‘l ko‘rsatuvchi murabbiylarga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning eng go‘zal…

Diydor shirin

Mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan, shuningdek 1996-yilda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor tashkil etilgan «Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi» tashkil etilganligining 30-yilligi munosabati bilan, monopoliyaga qarshi organ faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘zining fidokorona mehnati bilan munosib hissa qo‘shgan nuroniylarimiz bilan 2026-yil 6-sentyabr kuni «Diydor shirin» davra suhbati tashkil etilib, ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.…

Raqobat qo‘mitasida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi

#Yoshlar_kuni Prezidentimizning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  “Raqobat qo‘mitasi markaziy apparatining kitobxon xodimi” tanlovi boʻlib oʻtdi. Haftaning payshanbasi — “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan tanlovda Qo‘mitaning eng kitobsevar xodimlari ishtirok etdi. Nizomga muvofiq, Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan…

Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” taqdirlandi

So‘nggi yillarda respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobsevarlarni ko‘paytirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilari Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan asar…

Bugun 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!

Bugun 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun! O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjatlarda va ba’zi binolarda tasvirlanadi. Bugun davlatimiz gerbi qabul qilinganligiga 34 yil to‘ldi. Barcha yurtdoshlarimizni mazkur sana munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni Yangi O‘zbekistonda jamiyat taraqqiyoti, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalq bilan davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik sifatida jamoatchilikka ishonchli ma’lumot yetkazib, ularning faolligini oshirishda siz, aziz jurnalist, muharrir, bloger va ommaviy axborot vositalari vakillarining xizmatlari chuqur hurmat va ehtiromga munosibdir. Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, blogerlar va ommaviy axborot…