AZIZ VATANDOSHLAR!

Sizni sharqona Yangi yil – Navro’zi Ayyom bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Navròz bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bòlib òtdi. Qòmita ayollari tomonidan milliy liboslarda milliy taomlarimiz tayyorlandi hamda kuy-qòshiqlar ijro etildi. Yasharish, go’zallik va navqironlik fasli – NAVRO’ZI OLAM MUBORAK BO’LSIN!

14 fevral – O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi va iste’dodli sarkarda Zahriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi. Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi  Nurboy Jabborov ishtirok etdi.

MEN DONORMAN!

Inson salomatligi uchun savob ishga bel bog’lash xalqimizning qanchalik bag’rikeng va olijanob ekanligidan dalolat beradi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatida 1-fevral kuni “MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasida Qoʻmita markaziy apparati va Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari koʻngilli tarzda ishtirok etdilar.