INSON QADRI AZIZ, XOTIRA MUQADDAS

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridandir. 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov Qo‘mita tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, ustozlik qilib kelayotgan faxriy xodimlarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, Qo‘mita faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurilib, nuroniy faxriylarimiz bilan dildan suhbat qilindi hamda esdalik sovg‘alari…

“Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” taqdirlandi

So‘nggi yillarda respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobsevarlarni ko‘paytirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni 1-ilovasi 39-maqsad – Kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat…

Xon atlas

Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda. Xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va ma’naviy an’analarimizni ham yodga soladi. Raqobat qo‘mitasining go‘zal va dilbar ayollari ham har yili “Xon atlas” festivalida faol ishtirok etadilar.

9-aprel Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun Amir Temur tavalludining 688 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Kuch adolatda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy  tadbir tashkil etish etildi. Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev kirish so‘zi bilan ochib berib, A.Temur hayoti va…

Bugun atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy (o‘zbek) tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda.

Bugun atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy (o‘zbek) tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham mutafakkir bobomizning bebaho ilmiy-ijodiy merosi, alohida o‘rniga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir tashkil etildi. Zero, alloma asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar, ona tilimizning cheksiz ifoda imkoniyatlari…

Qo‘mita xodimlari “Teatr kuni”da O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurishdi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-sonli Bayoni 12-bandi ijrosi yuzasidan, Qo‘mita xodimlari va ularning oila a’zolarini teatrlarga tizimli tashrifini yo‘lga qo‘yish va dam olish kunlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida har oyning oxirgi shanbasi “Teatr kuni” etib belgilandi. Raqobat qo‘mitasining bir guruh xodimlari va oila a’zolari ishtirokida O‘zbek Milliy akademik…

14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir

Joriy yilning 12-yanvar kuni Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi 14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazdi. Ushbu muhim bayram Qo‘mita xodimlari tomonidan kutib olindi. Tadbir davomida Qo‘mitaning ijodiy va iqtidorli ayollar jamoasi tomonidan yaratilgan bayramona videorolik namoyish etildi. Ushbu video barcha Vatan himoyachilariga samimiy tabrik va minnatdorchilik izhoriga aylandi. Bundan tshaqari tadbir hamkasblarning tabriklari…

Yangi yil bayrami arafasida Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida rahbariyat va xodimlar ishtirokida tantanali yig‘ilish o‘tkazildi va bu nafaqat muloqot vaqti, balki erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishning muhim bosqichiga aylandi.

Yangi yil bayrami arafasida Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida rahbariyat va xodimlar ishtirokida tantanali yig‘ilish o‘tkazildi va bu nafaqat muloqot vaqti, balki erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishning muhim bosqichiga aylandi. Yig‘ilishda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, 2023-yilda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan asosiy ishlar belgilab olindi. Rahbariyat har bir xodimning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va…

Raqobat qo‘mitasida Zilzila, uпiпg oqibatlari, zilzila paytda xavfsizlik choralari, mehnat faoliyati davomida texnik xavfsizlik qoidalari va ulаrgа amal qilish hamda yong‘in xafsizligi oyligini o’tkazish to‘g‘risida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlari vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti xodimi tomonidan Zilzila, uпiпg oqibatlari, zilzila paytda xavfsizlik choralari, mehnat faoliyati davomida texnik xavfsizlik qoidalari va ulаrgа amal qilish hamda yong‘in xafsizligi oyligini o’tkazish to‘g‘risida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining…