“Raqobat bilimdoni” onlayn viktorinasi e’lon qilindi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilganining 30 yilligi hamda 5-dekabr — Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan “Raqobat bilimdoni” onlayn viktorinasini o‘tkaziladi.
📌 Ishtirok etish shartlari:
🟢joriy yilning 23-noyabridan @raqobat_tanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tish;
🟢Qo‘mitaning Telegram va Instagram sahifalariga obuna bo‘lish;
🟢3 nafar do‘stni taklif qilish.
⏰ Viktorina 27-noyabr kuni soat 09:00 dan 23:59 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
🎉 G‘oliblar egallagan o‘rinlariga ko‘ra qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — planshet;
🥈 2-o‘rin — smartfon;
🥉 3-o‘rin — televizor.
🏆 G‘oliblar 5-dekabr — Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda taqdirlanadi.
Batafsil ma’lumotni Qo‘mitaning www.raqobat.gov.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan hamda 71 207 47 00 telefon raqami orqali olish mumkin.








