Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda 10–12-noyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida huquqiy maslahatlar aksiyasini o‘tkazdi.
Aksiya doirasida fuqarolarga sifatsiz tovarlarni qaytarish va almashtirish, kafolatli ta’mirlash, onlayn savdo, kommunal hamda bank xizmatlari bo‘yicha amaliy huquqiy maslahatlar berildi.
Aksiya natijalari batafsil infografikada.








