RAQOBAT QO‘MITASI TIZIMIDA «AKSILKORRUPSIYA OYLIGI» BOSHLANDI!
📆 Raqobat qo‘mitasi tomonidan, 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar Qo‘mita tizimida «Aksilkorrupsiya oyligi» o‘tkazilmoqda.
🌐 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan mazkur oylikdan ko‘zlangan maqsad — korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdir.
📌 Oylik doirasida:
➡️Targ‘ibot tadbirlari;
➡️ Huquqiy tushuntirishlar va profilaktik uchrashuvlar;
➡️Ochiq muloqotlar;
➡️Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Tadbirlar Qo‘mitaning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarida tashkil etiladi.
‼️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat bir oylik tadbir emas, balki har birimizning kundalik mas’uliyatimizdir!








