#Kun_raqami
Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
-Xususan,-2024-2026-yillar-davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 1 500 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 67,7 mlrd so‘mlik 331 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, raqobatni cheklovchi talablar belgilash, affillanganlik va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Jumladan, Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasining 842,2 mln so‘mlik, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Rishton tuman bo‘limi tomonidan 287,8 mln so‘mlik va «Farg‘onasuvqurilishinvest» davlat muassasasi tomonidan 420,4 mln so‘mlik tanlovlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 50 dan ortiq mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








