#Kun_raqami
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
Xususan, 2024-2026 yillar davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 3 097 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 115,3 mlrd so‘mlik 600 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, raqobatni cheklovchi talablar belgilash, affillanganlik va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Jumladan, Jizzax Davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyi 751.3 mln so‘m, * Zarbdor tuman 2-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati 1 373.4 mln so‘m va Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasi 668.5 mln so‘mlik tanlovlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan*
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 154 ga yaqin mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








