Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda «Yuksalish» harakati hamkorligida o‘tkazilayotgan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish» mavzusidagi huquqiy maslahatlar aksiyasi Respublika bo‘ylab davom etmoqda.
Bugun aksiya doirasida Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini idorasida aholiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sifatsiz tovarlarni qaytarish va almashtirish, kafolatli ta’mirlash, onlayn savdo, xizmat ko‘rsatish, kommunal hamda bank xizmatlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
Aksiya 10–12-noyabr kunlari Respublikamizning 12 ta viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilib, aholi va iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga o‘z huquqlarini bilish va himoya qilishda amaliy ko‘mak berishga qaratilgan.
O‘z huquqlaringizni biling va ularni himoya qiling!








