#E’lon
Iste’molchilarga bepul huquqiy maslahatlar beriladi
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda “Yuksalish” harakati hamkorligida 10–12 noyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida bepul huquqiy maslahatlar aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida fuqarolarga sifatsiz tovarlarni qaytarish va almashtirish, kafolatli ta’mirlash, onlayn savdo, xizmat ko‘rsatish, kommunal va bank xizmatlari, shuningdek, iste’molchilar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Batafsil: infografikada
O‘z huquqlaringizni bilish va ularni himoya qilish bo‘yicha zarur huquqiy maslahatlarni olish imkoniyatidan foydalaning!








