#Kun_raqami
Raqobat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
Xususan, O‘tgan 2024-2026 yillar davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 2 091 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 142,2 mlrd so‘mlik 399 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, raqobatni cheklovchi talablar belgilash, affillanganlik va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Jumladan, Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasining 1,144 mlrd so‘mdan ortiq, Andijon viloyati Sport boshqarmasi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 9,170 mlrd so‘mdan ortiq va Xonobod shahar obodonlashtirish boshqarmasining 759 mln so‘mlik tanlovlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 177 ga yaqin mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








