Iste’molchilar huquqlari va mijozga yo‘naltirilgan biznesni rivojlantirish masalalari Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida muhokama qilindi
2026-yil 23-sentabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda «Biznes rivojining asosiy omili — mijozga sodiqlik va iste’molchilar huquqlari ustuvorligi» mavzusidagi xalqaro trening yakunlari yuzasidan axborot eshitildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatida mijozga yo‘naltirilgan yondashuvni rivojlantirish, halol raqobat tamoyillarini mustahkamlash, tadbirkorlarning iste’molchilar huquqlari sohasidagi huquqiy bilimini oshirish hamda xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tadbirkorlar uchun amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish, xalqaro tajribalarni ommalashtirish hamda shu kabi o‘quv-treninglarni hududlarda ham tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni umumlashtirish hamda ularni Qo‘mita faoliyatida inobatga olish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.








