Butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan, ezgulik, saxovat, insonparvarlik va hamjihatlik kabi olijanob qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan, jamiyatda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.
Qutlovlarda davlatimiz rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga hurmat-e’tibor so‘zlari, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan hamda do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashga qat’iy intilish bildirilgan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Ikki Muqaddas Masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Kengashi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Safr bin Zoid Ol Nahayon;
Saudiya Arabistoni davlat vaziri, Vazirlar Kengashi a’zosi Turki bin Muhammad bin Fahd bin Abdulaziz Ol Saud;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Saboh Holid al-Hamad al-Muborak as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Marokash Podshohi Muhammad VI;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.