Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan «UZBAT A.O.» AJ QK xodimlarini raqobat siyosati, iste’molchilar huquqlari va reklama qonunchiligi bo‘yicha malakasi oshirildi.
O‘quv kursi quyidagi mavzularda olib borildi
“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va uning maqsadi;
Raqobat qonunchiligi buzilish holatlari va yuridik oqibatlari;
Insofsiz raqobat holatlarini aniqlash va baholash;
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari;
Reklama to‘g‘risidagi qonun va amaliy talablar.
Malaka oshirish kursidan maqsad «Raqobat to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida» va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar va qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalardan xabardorlikni ta’minlash hisoblanadi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.