Tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi to‘g‘risida Raqobat qo‘mitasi xabari
O‘zbekiston Respublikasining “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Raqobat qo‘mitasi tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
Qo‘mita tomonidan “Hayot birja” AJning tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish bo‘yicha arizasi belgilangan tartibga ko‘ra mazkur sohani litsenziyalash talablari va shartlari doirasida ko‘rib chiqilib, jamiyatga litsenziya taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.