Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro M.G‘ning 2023-yil 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ishonch telefoni orqali qilgan sonli murojaati kelib tushdi.
Fuqaro M.G‘ning murojaatida, Sirdaryo viloyatida 7-may kuni YTX yuz bergani, sud qarori bilan “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi zararni qoplab berishi kerakligi, biroq shu kunga qadar to‘lab bermayotganligidan e’tiroz bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-22-moddalariga asosan hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan murojaatchi M.G‘ga 2023-yil 23-avgust kuni 13 204 000 so‘m to‘lab berilishi ta’minlandi.