Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “SIRDARYO SUV TA’MINOTI” AJ tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatining iste’molga yaroqliligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida ichimlik suvidan olingan namunalarni tekshirish natijasida Xovos tumanida jami 6 ta MFYda 1248 ta istemolchilarga hamda ushbu hududda joylashgan 17- va 6- sonli umumiy o‘rta talim maktablariga sifatsiz ichimlik suvi yetkazib berilib, O‘zbekiston Respublikasi “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 4,12,19-20-moddalari talablari buzilganlishi holatlari aniqlandi.
Natijada hududiy boshqarma tomonidan SIRDARYO SUV TA’MINOTI” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi va shu bilan 2 mingdan ortiq istemolchilarning huquqlari tiklanishi ta’minlandi.