FUQARODAN SAVOL:
Lombardga garov sifatida tilla zanjirimni bergandim.
Lombard saqlovga qo‘yilgan tilla zanjirimdan foydalanishga haqi bormi?
JAVOB:
Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zaklad shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi.
Lombard qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi asosida amalga oshirishga haqli.
Lombard, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.
Lombard, zarur bo‘lgan hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilish huquqiga ega.
Lombard tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif va narxlar faqat milliy valyutada belgilanadi;
Lombard tomonidan qabul qilingan mol-mulk, lombardga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlar qoplanganidan so‘ng egasiga qaytarilishi mumkin.
Lombard haqli emas
Lombard garovga yoki saqlovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.