O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qaroriga ko’ra:
Tarozilar va boshqa o‘lchash vositalari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini ko‘radigan qilib o‘rnatilishi kerak.
Tarozilarni peshtaxtaning fasadiga tomon burchak ostida o‘rnatish, ularning oldini tovarlar, darpardalar, inventar va boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
Tarozilar har xil tebranishlar va zirillashlarga uchramaydigan mustahkam, barqaror gorizontal joyga o‘rnatiladi.
Savdo zallarida xaridorlarga qulay joyda nazorat tarozilari va boshqa o‘lchash vositalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.