Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida jami 2 655 ta tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 12 ta korxona (“SM METAN ELIT OIL” MChJ, “AVESTA COMFORT ECO-GAZ” MChJ, “S.U.K. OIL” MChJ, “AS SIRDARYO SERVIS” MChJ, “AVTO MAG PETROL” MChJ, “BERDIYOR XABIB” MChJ, “MADINABONU ROBIYABONU HAMKOR” MChJ, “TEX BAZAR GROUP 001” MChJ, “ROXON XAA” MChJ, “FARRUX MEDIO SERVIS” XK, “KHIZMAT TRAVEL” MChJ va “TIRE MAX” MChJ) tomonidan reklama qonunchiligi talablarini buzganlik xolatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan ”Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ishlar qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.