Mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar qizg‘in pallada davom etmoqda. Ma’lumki, joriy yilning 30-aprel sanasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov tomonida ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlari yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 302 va 303-sonli referendum uchastkalarida o’rganishlar o’tkazildi.O’rganishlar davomida uchastkalardagi mavjud imkoniyatlar va aholining faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha yaratilishi lozim bo’lgan shart-sharoitlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.