Ijtimoiy tarmoq orqali (https://etender.uzex.uz/lot/343423)
“Jizzax viloyati Do’stlik tumani obodonlashtirish boshqarmasi o’z xodimlari uchun kurtka sotib olish bo’yicha tender o’tkazdi “ mavzusida murojaat qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu ma’lumot asosida Do‘stlik tumani Obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan davlat xaridlari qonuniyligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlarda Jizzax viloyat Do‘stlik tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil 27-fevraldagi №24110012343423-son lot orqali boshqarma ishchi xodimlariga maxsus forma sotib olish uchun amalga oshirilgan davlat xaridlari jarayonida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-modda, 3-qism, 8-xatboshida “savdolarda ayni bir lotda faqat affillangan shaxslarning yoki o‘zaro manfaatdor shaxslarning ishtirok etishi” hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasining 5-xatboshi “ishtirokchi va uning affillangan shaxsi elektron do‘kon, auksion, eng yaxshi takliflarni tanlash va tender bo‘yicha ayni bitta lotda ishtirok etish huquqiga ega emasligi” talablari buzilganligi aniqlandi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qonun buzilish holatlari yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, savdo natijalari bekor qilinib, masullarga tegishli choralar ko‘rildi.