Ijtimoiy tarmoq orqali “4 yildan beri uyimizni berishmaydi. Va’da qilingan uyni qurishmadi” (https://t.me/c/1666382944/1191) mavzuida bir qator fuqoralarning videomurojaati qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Hududiy boshqarma o‘rganishlar jarayonida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “INTERNATIONAL GOLDEN HOUSE» MChJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uylar majmuasidan kvartira va do‘kon joylari uchun boshlang‘ich to‘lovlarni amalga oshirilganligiga qaramay korxona shartnoma shartlarini bajarmasdan kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. “INTERNATIONAL GOLDEN HOUSE» MChJ tomonidan Davlat xizmatlari binosi hamda ko‘p qavatli turar joy binosini qurish uchun 2019 yilda bankdan kredit olinib ish boshlangan, biroq, ayrim sabablarga ko‘ra ish to‘xtagan. Bu paytda MChJ rahbari va ta’sischisi o‘rniga 2021 yil 14 fevral kuni umumiy yig‘ilish qarori bilan korxonaga boshqa ta’sischi tayinlangan.
Albatta, MChJ bir qator fuqarolarga ushbu qurilishi tugallanmagan noturar va turarjoy binolarini sotish uchun shartnomalar tuzgan. Jumladan, murojaatchilardan biri ham ushbu shartnomaga ko‘ra u sobiq ta’sischiga 150 000 000 so‘m bergan, lekin unga hech qanday chek, kvitansiya yoki boshqa hujjat taqdim qilinmagan. Jamiyatning hozirgi rahbari va ta’sischisining ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘ jamiyatning hisob raqamiga kirim bo‘lmagani bildirildi. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib huquqiy boshqarma tomonidan to‘plangan hujjatlar baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborildi.
Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida iste’molchining yana bir huquqlaridan biri iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo‘yicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatga taqdim etgan taqdirda ko‘rib chiqilishi belgilab berilgan.