Ijtimoiy tarmoqda (https://t.me/the_bakiroo/7304 )
“Oxirgi 2 oydagi 98 dollarga yetgan maksimumlarga nisbatan brend tipidagi neft kotirovkalari qariyb 20%ga, 79,5 dollargacha arzonlashgani, ammo O‘zbekistonda benzin narxlari aksincha qimmatlashayotgani aytilgan” mavzuida murojaat qoldirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda benzin yoqilg‘isining iste’molchilarga sotilishi holatlari doimiy tahlil qilib kelinmoqda. Tahlil jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning o‘tgan davrida import asosida
170 ming tonna Ai-80 va 211 ming tonna Ai-91 va undan yuqori oktanli benzin mahsuloti respublika hududiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan olib kirilganligi kuzatildi.
Shuningdek, birja savdolariga jami 898 ming tonna Ai-80 benzini va 67 ming tonna Ai-91 va undan yuqori oktanli benzin mahsuloti sotilgan.
Jumladan noyabr oyida birja savdolarida 1 tn Ai-92 benzin o‘rtacha sotilish narxi 12,5 mln so‘m, Ai-95 benzin 19 mln so‘mni tashkil etib, bugungi kun bozor iqtisodiyoti sharoitida AYoQShlarda benzin narxlari ichki bozordagi talab va taklifni inobatga olgan holda erkin shakllantirib kelmoqda.
Xususan, respublika hududlarida faoilyat yuritayotgan AYoQSHlarda Ai-92 benzini 10 500 so‘mdan 12 500 so‘mgacha va Ai-95 benzini 12 200 so‘mdan 16 500 so‘mgacha bo‘lgan chakana narxlarda sotilayotganligini kuzatish mumkin.
Ta’kidlash joizki, Rossiyada eksport toʻxtatilgani eʼlon qilinganidan keyin import qilinadigan AI-92 va AI-95 benzinlari narxi keskin ko‘tarilib, yoqilgʻining oʻzi sotuvdan yoʻqolib qolganligi bo‘yicha xabarlar tarqalgan. Eksport cheklovlari olinganidan so‘ng ichki bozorda Ai-91 va undan yuqori oktanli benzin narxlari o‘rtacha 500 so‘mgacha pasayganligi kuzatilmoqda.