So‘nggi yillarda respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobsevarlarni ko‘paytirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni 1-ilovasi 39-maqsad – Kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” tanlovi o‘tkazildi.
2024-yilning I choragida o‘tkazilgan ushbu tanlovda 29 nafar xodimlar ishtirok etib, Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan asar yuzasidan olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov natijalarga ko‘ra:
Zaripov Shoxboz Alijon o‘g‘li “Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” deb topildi hamda esdalik sovg‘a (statuetka) va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Esanaliyevich tomonidan Tanlov g‘olibi va faol ishtirok etgan xodimlar – Xabibullayev Ilhom, Xasanov Nodirbek, Tillabekov Bekmirzolarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Kelgusida ham yoshlar orasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazib borish belgilab olindi.