Raqobat qo‘mitasiga aloqa, savdo, transport va kommunal xizmatlar sohalari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ijobiy yechimini topmoqda
Murojaatlarni hal etish jarayonida fuqarolar manfaati ustuvor ahamiyat kasb etayotgani natijasida ko‘plab masalalar o‘z yechimini topmoqda. Bu esa qo‘mita faoliyatining ochiqligi va fuqarolar bilan muloqotning samaradorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.
📍Buxoro viloyati Fuqaro Z.H “Uztelecom”ning internet xizmatiga to‘lovini amalga oshirgan bo‘lsa-da kompaniya tomonidan faollashtirilmaganligi hamda ishlamagan kunlarini qayta hisob-kitob qilib keyingi oyga qo‘shib berilishida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, “Uztelecom” kompaniyasi tomonidan fuqaroga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
📍Andijon viloyati Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.T. tomonidan yangi hisoblagich o‘rnatilganidan so‘ng ichimlik suvi qattiq holatga kelgani sababli undan foydalanmayotganini bildirgan.
Shu bilan birga, fuqaro suv ta’minoti xizmatlaridan amalda foydalanmagan bo‘lsa-da, to‘lovlarni muntazam amalga oshirib kelayotganini, ammo unga 260 ming so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaroga chiqarilgan asossiz qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
📍Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro T.M. “Alfa kids” onlayn do‘koni orqali 2 ta bolalar kiyimini buyurtma qilganini, 530 ming so‘m to‘lov qilgan. Biroq mahsulot yetib kelganda kiyimlar eski va dog‘langan holatda bo‘lgan. Shu sababli u mahsulotni qaytarib yuborib, to‘lagan pul mablag‘larini qaytarib berilishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaroga mahsulot uchun to‘lagan pul mablag‘i to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
📍Jizzax viloyati Paxtakor tumanidan fuqaro B.Sh. “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘idan 6,5 mln so‘mga muddatli to‘lov asosida xarid qilgan “Biryusa” rusumli muzlatkich ikki oydan so‘ng nosoz bo‘lib qolganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, do‘kon ma’muriyatiga bir necha bor murojaat qilganidan so‘ng servis xodimlari kelgan, ammo muzlatkichni ta’mirlamay ketishganligi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, shartnoma bekor qilindi va murojaat iste’molchi foydasiga ijobiy hal etildi.
#Murojaat_va_natija








