O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlari vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti xodimi tomonidan Zilzila, uпiпg oqibatlari, zilzila paytda xavfsizlik choralari, mehnat faoliyati davomida texnik xavfsizlik qoidalari va ulаrgа amal qilish hamda yong‘in xafsizligi oyligini o’tkazish to‘g‘risida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli farmonining 2-ilovasi 10.3-bobida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlari vazirligi bilan birgalikda tashkilotlarda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalardan foydalangan holda amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilab qo‘yilgan.
Mazkur farmon ijrosi yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazish maqsadida Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlari vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti xodimi X.Azimov taklif etildi.
O‘quv mashg‘uloti boshlanishidan oldin Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli farmonining dolzarbliligi, so‘nggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilganligi, bugungi kunda bu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini ta’minlashning yangi usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etishi haqida aytib o‘tdi.
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohalarida islohotlarning aniq manzilliligini ta’minlash, sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning ustuvor yo‘nalishi ekanligi haqida gapirdi.
Raisning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Qodirova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
30-maydagi PF-144-son Farmoni 2-ilovasi O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish “YO‘L XARITASI”ning 10.3-bobida Tashkilotlarda tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilab qo‘yilganligi, shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlari vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti xodimi X.Azimov taklif etilganligi to‘g‘risida gapirdi va tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlari vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti xodimi X.Azimov zilzila va uning oqibatlariga oid “Zilzila, uпiпg oqibatlari, zilzila paytda xavfsizlik choralari, mehnat faoliyati davomida texnik xavfsizlik qoidalari va ulаrgа amal qilish hamda yong‘in xafsizligi oyligini o’tkazish to’g’risida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.
X.Azimov tomonidan o‘tkazilgan mazkur mavzudagi o‘quv darsi juda qiziqarli va ahamiyatli bo‘lib o‘tdi.
O‘quv darsi davomida mavzuga tegishli va mavzudan tashqari bo‘lgan hodimlarimiz uchun juda kerakli bo‘lgan qiziqarli savol va javoblar bo‘ldi.