Raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan jamoa xodimlarining sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va kollektiv ruhini oshirish oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilangan.
Shu maqsadda, joriy oydan boshlab, futbol bo‘yicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy boshqarmalari bilan birgalikda haftaning chorshanba kunlari o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Bu sport tadbirlari xodimlar o‘rtasida jamoaviylik va raqobat ruhini yuksaltirishda yordam bermoqda.
Shuningdek, Qo‘mita raisi kubogi shiori ostida bir qator sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda badminton, stol tennisi, voleybol kabi jamoaviy va shaxsiy sport turlarida Qo‘mita xodimlari va ularning oila a’zolari faol ishtirok etishdi.
Musobaqalarda 10 nafar badmintonchi, 8 nafar stol tennischisi, 15 nafar voleybolchi va 25 nafar shaxmat va shashka o‘yinchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. G‘olib va faol qatnashchilar sovrinlar bilan taqdirlandi, bu esa sportga bo‘lgan qiziqish va ilhomni yana-da oshirdi.
Raqobat qo‘mitasi rahbariyati sport tadbirlarini muntazam tashkil etish orqali xodimlarning salomatligi va jamoaviy ruhini mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Shu tariqa, sport nafaqat jismoniy faollikni oshirayotgani, balki ish jamoalarida ham hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.