Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, axoli daromadlarini oshirish va bandligini taminlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog’liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o’tkazdi.
Ushbu o’rganishlar Jizzax shahar hududidagi hududlarida o’tkazildi.
“Sayhunobod tumani” tajribasi doirasida tegishli iqtisodiy kompleks rahbarlari, hokim yordamchilari, MFY raislari bilan birgalikda xonadonlardagi tomorqalar ko’zdan kechirib, fuqarolar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi.