Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda BRICS Raqobat huquqi va siyosati xalqaro markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2025 yil 25 mart kuni Raqobat qo‘mitasi huzuridagi tadqiqotlar markazi hamda BRICS Raqobat huquqi va siyosati xalqaro markazi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy salohiyatni oshirish, o‘zaro uchrashuvlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, shuningdek, raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba va xalqaro amaliyot bilan ma’lumot almashish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish maqsadida memorandum imzoladilar.