Qo‘mitaning Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati xodimlari Qozon shahridagi Xalqaro miqyosidagi o‘quv kursida ishtirok etishmoqda.Ushbu o‘quv kursi 19-20 iyun kunlari Rossiya Federal monopoliyaga qarshi kurashish xizmatining O‘quv-uslubiy markazida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘quv dasturida ko‘plab davlatlarning Monopoliyaga qarshi organlarining Axborot xizmati xodimlari ishtirok etmoqda.O‘quv kursida jamoatchilik bilan aloqalarini tashkil etish, OAVlar bilan yangi formatda ishlash, axborot xizmatlarini sifatli va zamonaviy foto, video materiallar bilan ta’minlash va boshqa ko‘plab sohalarda ishlashning asoslari bo‘yicha o‘quv dasturlarni professor o‘qituvchilar va sohaning tegishli mutaxassislari olib borishmoqda.