Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Strategik dasturlarni ishlab chiqish va eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida ma’lumot
Assalomu alaykum.
Qoʻmitaning Strategik dasturlarni ishlab chiqish va eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yil uchun moʻljallangan vazifalarga toʻhtalib oʻtmoqchiman.
Avvalalbor, boshqarmaning asosiy vazifalariga toʻhtalib oʻtsam.
-raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga koʻmaklashish;
-tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobatni monopoliyaga qarshi tartibga solishning eng yaxshi amaliyotlarini joriy etish boʻyicha takliflar tayorlash;
-raqobatni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritalarini” ishlab chiqish maqsadida davlat organlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish;
-Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalarining choraklik, yarim yillik va yillik ish faoliyatlari yakunlarini umumlashtirish, hisobotlar tayyorlash hisoblanadi.
Boshqarma tomonidan Qoʻmitaning 2022-yil yakunlari boʻyicha hisobotlari tahlil qilinib umumlashtirildi, hisobotlar broshyura shakliga keltirildi va rahbariyatga taqdim etildi.
Boshqarma tomonidan 2022-yilda 2 ta hujjat loyihasi yaʼni Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida raqobat muhiti holatini baholashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan raqobatni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat loyihalari belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Qoʻmita faoliyati bilan bogʻlik maʼlumotnoma tayyorlanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Senatiga alohida taqdim etildi va hisobot himoyasi amalga oshirildi.
Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish hamda amalga oshiriladigan ishlarni aniqlab olish maqsadida Qoʻmitaning har bir tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalar tomonidan 2023-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejalari tayyorlandi va ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari 2023-yilda boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va unda Qoʻmitaning yangi vazifalari, funksiyalar, Nizomi va strukturasini tasdiqlash koʻzda tutilmoqda.
2023-yilda boshqarma tomonidan Qoʻmitaning barcha tashkiliy tuzilmalari hamda hududiy boshqarmalari faoliyatini baholashning yangi tizimini joriy etish boʻyicha ishlar olib bormoqda. Jumladan, har bir boshqarma va uning xodimlari faoliyati samaradorligi baholab boriladi.
Shuningdek, boshqarma tomonidan 2023-yilda xorijiy davlatlar (Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlarining) tajribasini oʻrganish, yaʼni ularning monopoilyaga qarshi organlari faoliyati, vazifalari, ishlash usullari, eng yaxshi amaliyoti va tajribalari oʻrganish koʻzda tutilmoqda.
Ularning eng yaxshi amaliyotlarini respublikamizda joriy etish koʻzda tutilmoqda.
2023-yilda boshqarma tomonidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda “Tovar bozorlarini tartibga solish indeksi”ni hisoblab chiqish uchun tegishli maʼlumotlarni yigʻish, toʻplash hamda umumlashtirish boʻyicha tegishli ishlar olib boriladi.
Amalga oshiriladigan ishlar natijasida raqobatni rivojlantirishga, respublikada raqobat holatini baholash boʻyicha yangicha tizim joriy etilishiga, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari va Qoʻmita faoliyatini baholashning tizimlashtirilishiga erishiladi.
Eʼtiborlaringiz uchun rahmat.