Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Qo‘mita va uning hududiy organlari Yuridik xizmat xodimlari uchun “Huquqni qo‘llash amaliyoti” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kurs doirasida ishtirokchilarga tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqe va ustun muzokara kuchi mezonlari, bozorga kirish to‘siqlari, bozor ulushlarini aniqlash, monopoliyaga qarshi tartibga solish amaliyoti, kartel kelishuvlar va insofsiz raqobat holatlari, davlat xaridlari hamda birja savdolaridagi raqobat talablari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning raqobat muhitiga ta’sirini baholash bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Mashg‘ulotlar sohada katta amaliy tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib borildi.
O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga belgilangan tartibdagi maxsus sertifikatlar topshirildi.
O‘quv kursi yakunida Qo‘mita raisi hududiy organlar yuridik xizmat xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida mazkur o‘quv kurslarining mutaxassislar uchun naqadar muhim ekani, shuningdek ular zimmasida turgan vazifalarning yuqori ahamiyatga egaligi alohida ta’kidlandi.








