QO‘MITA QARORINING QONUNIYLIGI SUD TOMONIDAN YANA BIR BOR TASDIQLANDI
Toshkent shahar ma’muriy sudi taftish instansiyasida “Hunarmand” MChJ tomonidan Qo‘mita Maxsus komissiyasining qarori, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qarori hamda Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasining qarorlarini bekor qilish yuzasidan berilgan taftish tartibidagi shikoyati ko‘rib chiqildi.
Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ushbu shikoyatlar Tumanlararo ma’muriy sud hamda apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, qanoatlantirish rad etildi.
Qo‘mita Maxsus komissiyasining qarori hamda sud qarorlari o‘z kuchida qoldirildi.
Ma’lumot o‘rnida: Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Hunarmand” MChJ ( “Toshkent-Xatirchi” yo‘nalishida avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatida) “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi birinchi qismi, 19-moddasi birinchi qismi va 21-moddasi ikkinchi qismi talablari buzilgan deb topilib, 700 mln so‘mdan ortiq ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berilgan edi.








