FUQARODAN SAVOL:
Qanday dori vositalarini reklama qilish taqiqlanadi?
JAVOB:
Quyidagi dori vositalarini reklama qilish taqiqlanadi:
🔘faqat shifokorning retsepti bo‘yicha tarqatiladigan dori vositalarini;
🔘tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop va (yoki) kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini;
🔘O‘zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo‘llanish uchun ruxsat etilmagan dori vositalarini;
🔘O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini.
Manba: O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022-yildagi «Reklama to‘g‘risida» Qonuni. (https://lex.uz/docs/6052631#6053299)