Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Rais maslahatchisi G.Qodirova “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyati haqida taqdimot qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati tayyorlangan videorolik namoyish etildi.