Raqobat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida, “KHANTEX-GROUP” MChJ tomonidan 2023-2024-yillarda 8 000 tonna hamda 2024-yil mart va aprel oylarida 8 000 tonna paxta texnik chigit mahsulotlari birja savdosiga oylik tasdiqlangan grafik asosida qo‘yilishini ma’lum qilgan.
Shunga ko‘ra, korxona tomonidan 2024-yil mart oyida 3 000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdosiga umuman qo‘yilmaganligi aniqlandi. 2024-yil aprel oyida 5 000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi tahlil qilinganda 3 000 tonnalik qismi savdolariga qo‘yilganligi hamda tasdiqlangan reja-grafikdan 2 000 tonna kam chiqarilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, klaster korxona tomonidan 2024-yil aprel oyida paxta 3 000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdolariga boshlang‘ich narxi 1 tonna uchun 2 600 000 so‘m narx belgilanib, narx o‘zgarishlari bilan mahsulotni xar bir tonnasi 2 652 000 so‘mdan jami 7 956,0 mln so‘mga sotilgan hamda jamiyat ishtirokidagi 2024-yil 1-fevral kundagi birja savdosiga 3 000 tonna mahsulotni birja savdolariga boshlang‘ich narxi 1 tonnasi uchun 2 600 000 so‘m narx belgilansa-da, 2 605 000 so‘mdan sotilganlik holatlari aniqlandi.
Natijada ushbu mahsulotni birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda mahsulot narxlarini yuqori qo‘llash natijasida jami 380 mln so‘mga yaqin miqdorda tafovut (farq) holatlari aniqlandi.
Ma’lumot o‘rnida. Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish” harakatlari manipulyatsiya hisoblanadi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Andijon viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “KHANTEX-GROUP” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatiga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.