Mazkur xalqaro konferensiyada Raqobat qo‘mitasining vakillari ishtirok etib, turizm xizmatlarini tashkil etishda amaldagi litsenziya va boshqa qonunchilik talablari hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan davlat nazorati yuzasidan ma’lumot berishdi.
Xususan, bugungi kunda litsenziyasiz turizm xizmatlarini reklama qilayotgan tadbirkorlik subyektlariga hududlar kesimida ko‘rilgan ta’sir choralari va profilaktik tadbirlar haqida axborot berildi.
Shu bilan birga, respublikamizda elektron tijoratning rivojlanish bosqichlari va bunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari haqida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, mamlakatimizda elektron tijoratda iste’molchilar asosan maishiy texnika, kiyim-kechak, biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari, maishiy kimyo va kosmetika mahsulotlari xaridi hamda boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarini xarid qilishda foydalanishlari va bu boradagi muammolarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari, elektron tijorat operatorlarining ommaviy ofertalarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida hamda ko‘rilgan choralar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Konferensiyada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi 40 dan ortiq xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlarining ekspertlari bilan o‘zaro tajribalar almashindi.