Iste’molchilardan 21.1 mlrd so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ olgan 2.5 mingga yaqin dorixonaga tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi PQ–411-son qarori asosida dori vositalari narxlarini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha raqamlashtirilgan tizim joriy etilgan. Mazkur tizim orqali chakana va ulgurji savdoda dori vositalari narxlarining asossiz oshirilishini inson omilisiz aniqlash mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasining taklifiga asosan 2026-yil mart oyidan dori vositalari referent narxlarini nazorat qilish tizimi yana-da takomillashtirildi. Xususan, ulgurji savdoda dori vositalari narxi belgilangan referent narxdan yuqori qo‘llanilganda soliq organlari tomonidan hisob-fakturalarni ro‘yxatga olish avtomatik to‘xtatish (validatsiya) tizimi joriy etildi.
Natijada ulgurji savdoda narxlarni sun’iy oshirish holatlarining oldi olinib, 12.5 mingdan ziyod chakana dorixonalarga dori vositalarini belgilangan referent narxdan qimmat sotilishi avtomatik ravishda oldi olinadi.
O‘tgan davr mobaynida 2.5 mingga yaqin dorixona tomonidan 686 mingga yaqin holatda cheklangan savdo ustamasi 10 foizdan 3 barobargacha oshirib qo‘llangani aniqlanib, iste’molchilardan asossiz ravishda 21.1 mlrd so‘m mablag‘ olingani ma’lum bo‘ldi va qaytarish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Xususan, 2026-yilning birinchi choragida 190 dan ortiq dorixonada 110.5 mingga yaqin ta holatda 1.4 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz olingani aniqlanib, ularni qaytarish choralari ko‘rildi.
Hurmatli fuqarolar!
Dori vositalarini xarid qilishda sotish uchun ruxsat etilgan narxlarini vakolatli tashkilotning referent narxlar reyestri orqali tekshirishib borishingiz va narxlar oshirilganligi aniqlangan holatlarda, Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch raqami 1159 ga murojaat qilishingiz mumkin!








