11-12-avgust kunlari Raqobat qo‘mitasi hamda Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash va aholining huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi rahbariyati tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Mazkur ikki kunlik seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi va boshqa hamkor va mas’ul tashkilotlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalar berish:
➡️ Qo‘mita hududiy organlari xodimlari uchun, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari;
➡️ “Iste’molchi murojaati” axborot tizimi, Xalq qabulxonalari hamda murojaat,gov,uz portali orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari;
➡️ Qishloq hududlarida aholi, jumladan xotin-qizlarning iste’molchilik, shartnomaviy va kredit munosabatlaridagi muammolari;
➡️ Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish va maishiy chiqindilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish;
➡️ Moliyaviy va telekommunikatsiya xizmatlarida iste’molchilar huquqlari;
➡️ Shaxsiy moliyani boshqarish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar.
Mazkur o‘quv-amaliy seminarning II-bosqichi respublika hududlari mahallalarida aholi, xususan xotin-qizlar o‘rtasida davom ettiriladi.








