ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA
Raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish yo‘nalishida 2024-yilda 991 ta, 2025-yilda 1 642 ta, 2026-yilning 6 oyida esa 837 ta murojaat kelib tushgan.
Xususan, 2025-yilda murojaatlar soni 2024-yilga nisbatan 65,7 foizga oshgan. 2026-yilning birinchi yarmida qayd etilgan ko‘rsatkich esa 2024-yildagi butun yillik natijaning 84,5 foiziga yetgan.
Murojaatlar tahliliga ko‘ra, ularning asosiy qismi uy-joy, kommunal va transport sohasiga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, 2026-yilning 6 oyida mazkur yo‘nalishda 397 ta (47,4 foiz) murojaat qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda savdo va umumiy ovqatlanish sohasi — 235 ta, aloqa va ijtimoiy xizmatlar sohasi — 191 ta murojaat bilan qayd etilgan.
Iste’molchilarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida ham salmoqli natijalarga erishilgan. Amalga oshirilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 2024-yilda iste’molchilar foydasiga 1,9 mlrd so‘m, 2025-yilda 2,6 mlrd so‘m, 2026-yilning 6 oyida esa 1,9 mlrd so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.
Shuningdek, iste’molchilarning nomuayyan doirasi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasida 2024-yilda 227 463 nafar, 2025-yilda 112 297 nafar, 2026-yilning birinchi yarmida esa 188 453 nafar iste’molchining huquqlari tiklangan.
Ushbu ko‘rsatkichlar iste’molchilar murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, buzilgan huquqlarni tiklash hamda ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
‼️ Zero, har bir murojaat ortida inson manfaati, har bir tiklangan huquq ortida esa qonun ustuvorligi va adolat tamoyili mujassam.








